Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Grizmann: «Biz hali yarim finalga chiqqanimiz yo‘q»

Grizmann: «Biz hali yarim finalga chiqqanimiz yo‘q»

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida «Barselona» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘yinning 45-daqiqasida Xulian Alvares «matraschilar»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 70-daqiqada Aleksandr Syorlot ikkinchi to‘pni kiritdi. Kataloniyaliklar 44-daqiqadayoq bir kishi kam bo‘lib qolishgan edi — Pau Kubarsi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

«Yarim finalga chiqishga hali ancha bor — oldinda kamida 90 daqiqalik o‘yin turibdi. Biz xotirjamlikni saqlayapmiz va voqealardan ilgarilab ketmaymiz. Ustida ishlaydigan va yaxshilaydigan jihatlarimiz hali ko‘p. G‘alaba — bu ajoyib, ammo oldinda katta hajmdagi ish kutmoqda. Biz hali yarim finalda emasmiz», — deya UEFA Grizmanning so‘zlarini keltirmoqda.

Javob o‘yini 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:49, 09.04.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик