Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Slot himoyaviy taktika va 26 foizlik to‘p nazoratiga izoh berdi

Slot himoyaviy taktika va 26 foizlik to‘p nazoratiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" ustozi Arne Slot Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "PSJ"ga qarshi kechgan ilk o‘yindagi (0:2) himoyaviy taktikasi haqida fikr bildirdi.

"Qizillar" asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi, buning natijasida hujumdagi o‘yin ishonchsiz chiqdi — darvoza tomon atigi 3 ta zarba va 26% to‘p nazorati qayd etildi.

"Siz biror jamoaning Parijga kelib, "PSJ"ga ketma-ket vaziyatlar yaratishga yo‘l qo‘ymaganini ko‘rganmisiz? Men ko‘plab o‘yinlarni ko‘rib chiqdim va barchasida bir xil manzara — taxminan bugungidek holat kuzatilgan. Ular shunchaki barcha raqiblaridan ustun kelishmoqda. Biz xulosa chiqarishimiz va "Enfild"da boshqacharoq o‘ynash imkonini beradigan reja ishlab chiqishimiz kerak. Aniqki, u yerda taktikamiz bugungidan butunlay farq qiladi, garchi mening fikrimcha, bu vaziyatda gap taktikada emas edi. "PSJ" o‘z uyida har qanday raqibni, u qanday uslubda o‘ynashidan qat’i nazar, "supurib" tashlaydi", – deya jurnalistlar bilan suhbatda bayon qildi Slot.

Kiritildi: 10:28, 09.04.2026.
O'qildi: 785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик