Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Ikki grand klub Levandovski uchun kurashadi

Ikki grand klub Levandovski uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelayotgan yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.

Polshalik futbolchining muddati tugab borayotgan shartnomasi haligacha uzaytirilgani yo‘q, vaholanki, mish-mishlarga ko‘ra, o‘yinchi maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan holda ham qolishga tayyor. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 37 yoshli futbolchi bo‘yicha Italiyaning "Yuventus" va "Milan" klublari allaqachon so‘rov yuborishgan. A Seriya ning har ikki vakili vaziyatni kuzatib borishmoqda va agar forvard ketishga qaror qilsa, muzokaralarni boshlashga tayyor.

Shuningdek, Robert Levandovskiga "Chikago Fayr" klubi ham qiziqish bildirgan, bundan tashqari, Turkiya va Saudiya Arabistonidan ham da’vogarlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yulduzli faxriy 2022 yilning yozidan buyon kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 10:30, 09.04.2026.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик