Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Glasner: «Biz to‘rtinchi golni urishga «Fiorentina» birinchi golini urishidan ko‘ra yaqinroq edik»

Glasner: «Biz to‘rtinchi golni urishga «Fiorentina» birinchi golini urishidan ko‘ra yaqinroq edik»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner Konferensiya Ligasi chorak finalining ilk bahsida Italiyaning «Fiorentina» jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alaba (3:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Menga birinchi bo‘lim va o‘yinning so‘nggi 20-25 daqiqasidagi harakatlarimiz ma’qul keldi: qanday kuch bilan oldinga o‘tganimiz, agressiv hujum qilganimiz va darvozaga intilganimiz, shu bilan birga muvozanatni saqlaganimiz.

Ikkinchi bo‘limda «Fiorentina» faollashgan paytlar bo‘ldi, ammo almashtirishlar o‘yin taqdirini hal qildi deb o‘ylayman. Yakunda biz to‘rtinchi golni urishga ular birinchi golini urishidan ko‘ra yaqinroq edik. Bu faqat birinchi qadam, ikkinchisini bir haftadan keyin qo‘yamiz», — dedi Glasner UYEFA rasmiy saytiga.

Glasner, shuningdek, jamoa oldida APL doirasida «Nyukasl»ga qarshi muhim o‘yin turganini va har ikki turnirda ham yuqori natija qayd etish niyatida ekanliklarini ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 16:08, 10.04.2026.
O'qildi: 353 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик