Rimning «Lasio» klubi sobiq hujumchisi Paolo Di Kanio Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng, jamoani boshqarishi kerak bo‘lgan murabbiy ismini aytdi.
U ayrim ekspertlar va muxlislarning Xosep Gvardiolani terma jamoa boshqaruvida ko‘rishni istayotgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
«Bizga Konte kabi vaziyatni allaqachon ich-ichidan tushunadigan murabbiy kerak», — deya sobiq hujumchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Corriere della Sera nashri.













