Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Fenerbaxche" La Ligada o‘ynayotgan sobiq hujumchisini qaytarmoqchi

"Fenerbaxche" La Ligada o‘ynayotgan sobiq hujumchisini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Kosovo terma jamoasi va Ispaniyaning "Malyorka" klubi hujumchisi Vedat Muriki Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga o‘tishi mumkin. Kosovan Football nashri xabariga ko‘ra, "Fenerbaxche" Murikini yozgi transfer oynasi uchun o‘z ro‘yxatiga kiritgan.

Futbolchi uchun 5–6 million yevro taklif qilinishi kutilmoqda. Istanbul klubi rahbariyatining fikricha, agar "Malyorka" La Ligani tark etsa, transfer jarayoni ancha tezlashishi mumkin. Hozirda jamoa Ispaniya chempionatida 16-o‘rinda bormoqda va xavfli hududda turgan "Elche"dan atigi 2 ochko oldinda.

Muriki avval ham, 2019–20 yilgi mavsumda "Fenerbaxche" sharafini himoya qilgan. O‘shanda u 36 ta o‘yinda 17 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi 29 ta bahsda 19 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 4,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:15, 11.04.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик