Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Spalletti «Yuventus»ning «Atalanta» ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Spalletti «Yuventus»ning «Atalanta» ustidan qozongan g‘alabasiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya Seriya A 32-turida "Atalanta"ga qarshi (1:0) uchrashuv natijasi haqida fikr bildirdi.

«Dastlabki 30 daqiqada juda qiynaldik, chunki «Atalanta» yaxshi jamoa va ular doimiy pressing orqali bizga uzatma berish imkonini bermadi. Biz faqat himoyalanishga majbur bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yin butunlay o‘zgardi, biz teng o‘ynadik. Odatda biz ustunlikdan foydalanolmay, hisobda oldinda bo‘lib turib ham yutqazardik, bu safar esa aksincha bo‘ldi.

Bunday o‘yinlarda eng muhimi — uch ochko. Afsuski, o‘yin oldidan jamoa to‘liq tayyor emas edi: Kenan Yildiz va Fransishku Konseysauda sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bor edi. Men ularni asosiy tarkibda tushirib, holatini ko‘rmoqchi bo‘ldim. Ikkalasi ham to‘liq formada emas edi, Kefren Tyuram-YUlyenda ham muammolar bordi.

Birinchi bo‘limda ham xatolar qildik, xususan, Konseysauga qanotda raqibni yakkama-yakka holatda o‘tib ketish imkonini bermadik — bu uning kuchli jihati. Keyin ayrim o‘zgartishlar kiritdik va ikkinchi bo‘lim butunlay boshqacha kechdi.

Italiya Kubogi o‘yinidagi («Yuventus» 0:3 hisobida yutqazgan) xatolarimiz biz uchun juda qimmatga tushgandi. Bugun esa raqib qanotdan qanotga o‘ynab, himoyamizni yoyishga harakat qildi va bizni orqaga chekinishga majbur etdi. Biz esa pozisiyamizni saqlab qola olmadik. Bu bizning zaif tomonimiz — ayrim paytlarda himoya chizig‘imiz juda orqaga chekinib ketadi», — dedi Spalletti.

Hozirgi holatga ko‘ra, «Atalanta» 32 o‘yindan so‘ng 53 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. «Yuventus» esa 60 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:24, 12.04.2026.
O'qildi: 452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик