"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Chempionlar ligasi chorak finali doirasida Madridning "Atletiko" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Dastlabki bahsda kataloniyaliklar o‘z maydonlarida "matraschilar"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Seshanba kuni Madridda javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.
"Atletiko" o‘z uyida o‘ynaydi va ikkita gol ustunligiga ega, shu sababli vaziyatni o‘nglash qiyin bo‘ladi, lekin biz harakat qilamiz. Biz o‘z kuchimizga ishonamiz", — deya Ferminning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.













