Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rabio: «Leauga hushtak chalish o‘rniga, qiyin damda unga yordam berishimiz kerak»

Rabio: «Leauga hushtak chalish o‘rniga, qiyin damda unga yordam berishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Fransiyalik yarim himoyachi Adriyen Rabio «Milan» jamoasi va shaxsan Rafael Leau sha’niga bildirilgan hushtaklar borasida o‘z fikrini bildirdi. Rabyo muxlislar portugaliyalik hujumchiga nisbatan bunday yo‘l tutmasliklari kerakligini ta’kidlab, aksincha, uni qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.

«Men ommaning noroziligini tushunaman, biz og‘riqli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Ammo Leauning manziliga yo‘llangan hushtaklar menga yoqmayapti. Menimcha, bunday murakkab vaziyatda biz unga hushtak chalish o‘rniga yordam berishimiz kerak. Hushtak chalish esa umuman foyda bermaydi», — deya Rabiodan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelayotgan bo‘lsa, Adriyen Rabio «Milan» safiga kelib qo‘shilganiga hali bir yil ham bo‘lmadi.

Kiritildi: 08:53, 12.04.2026.
O'qildi: 408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик