Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Trossar: «Biz bahona qidirmasligimiz kerak, xatolardan xulosa chiqarish vaqti keldi»

Trossar: «Biz bahona qidirmasligimiz kerak, xatolardan xulosa chiqarish vaqti keldi»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Leandro Trossard jamoasining «Brentford»dan uchragan mag‘lubiyati (1:2) haqida fikr bildirdi.

«To‘pchilar» Premyer-liganing shanba kungi bahsida o‘z maydonlarida kutilmaganda «asalarilar»ga imkoniyatni boy berishdi.

«Bunday natijadan barchamizning hafsalamiz pir bo‘ldi. Bu muhim o‘yin edi, ammo endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yagona yo‘l — xatolardan xulosa chiqarish va oldinga intilish. Tarkibimizda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bor, biroq biz bahona qidirmasligimiz kerak. Bu safar jamoamiz o‘zining odatiy darajasini ko‘rsata olmadi. Biz hali ham turnir jadvali yuqorisidamiz, lekin o‘z ustimizda ishlashimiz shart», — dedi Trossar o‘z intervyusida.

«Arsenal» ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan to‘qqiz ochko oldinda, biroq «shaharliklar» ixtiyorida zahiradagi ikkita o‘yin bor. Keyingi turda chempionlik uchun asosiy da’vogarlar o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 11:14, 12.04.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик