Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Deku Ronaldinyo haqida: «Uning texnikasi eng zo‘r edi»

Deku Ronaldinyo haqida: «Uning texnikasi eng zo‘r edi»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning hozirdagi sport direktori Deku o‘z vaqtida jamoadoshi bo‘lgan Ronaldinyo bilan o‘tgan damlarni xotirladi.

— Ronaldinyo o‘sha paytda hayratlanarli darajada porlagan edi. Unga shu qadar yaqin bo‘lish qanday edi?

— Texnika nuqtai nazaridan, men undan yaxshiroq hech kimni ko‘rmaganman. U sizni hayratda qoldiradigan, og‘zingizni ochib qo‘yishga majbur qiladigan ishlarni bajarishga qodir edi.

Bu futbolchi mening faoliyatimda — u bilan birga o‘ynaganmanmi yoki unga qarshi — eng katta taassurot qoldirgan insondir. Bu uning eng ko‘p sovrin yuvortgani yoki «Barselona»da eng ko‘p titullarga ega bo‘lgani uchun emas, balki aynan mana shu ma’noda eng katta taassurot qoldirgan, chunki biz bu davrni birgalikda boshdan kechirganmiz.

— 2007/08 yilgi mavsumda Ronaldinyoning ishlari yurishmadi, jismoniy pasayish kuzatildi va tungi hayotga haddan tashqari berilib ketgani uchun tanqidlarga uchradi. Uning gullab-yashnagan davri qanday yakunlandi?

— Shuning uchun ham futbol shunchalik jozibali. Qayerda quvonch bo‘lsa, o‘sha yerda hafsala pir bo‘lishi va talablar ham mavjud. Siz har doim ham g‘alaba qozona olmaysiz. Albatta, katta jamoalar haqida o‘ylaganda, ularning abadiy bo‘lishini xohlaysiz...

Ronaldinyo bir avlod tarixida, bizning avlodning eng yuqori cho‘qqisida iz qoldirdi va bu klubga quvonch olib keldi. Birgina shuning o‘zi yetarli.

— Ronaldinyoda Krishtianu Ronalduda haligacha saqlanib qolgan ambisiyalar yetishmadimi?

— Faqat ambisiyalar haqida gapirib bo‘lmaydi. Krishtianu ham har doim g‘alaba qozonmagan. Futbol — bu yakka tartibdagi emas, jamoaviy sport turi. Biz texnik masalalar, kundalik jarayonlar va boshqa ancha murakkab narsalarni muhokama qilishimiz kerak.

Biz g‘alabalarda qaysidir shaxsni ilohiylashtirib, mag‘lubiyatlarda esa barcha aybni uning zimmasiga yuklash orqali xato qilamiz. Vaholanki, bu jamoaviy sport, — dedi Deku.

Kiritildi: 15:39, 12.04.2026.
O'qildi: 919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик