Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Atletiko" mag‘lub bo‘lgan o‘yinida rekord o‘rnatdi

"Atletiko" mag‘lub bo‘lgan o‘yinida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda (1:2) zaxira tarkibini maydonga tushirgan Madridning «Atletiko» klubi Diyego Simeone davridagi yangi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda OptaJose statistik kompaniyasi xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar boshlang‘ich tarkibining o‘rtacha yoshi 23 yosh-u 289 kunni tashkil etdi. Bu jamoaning hozirgi bosh murabbiy qo‘l ostida La Liga doirasidagi o‘yinlarda maydonga tushgan eng yosh tarkibi sifatida tarixga kirdi. Simeone jamoani 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Ushbu o‘yindan so‘ng jamoa 57 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. 14 aprel kuni «Atletiko» o‘z maydonida Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvi doirasida «Barselona»ni qabul qiladi. Dastlabki bahs Madrid klubining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Kiritildi: 17:09, 12.04.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик