Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Boks. Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi kutilayotgan jang haqida fikr bildirdi

Boks. Entoni Joshua Tayson Fyuriga qarshi kutilayotgan jang haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Super og‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha sobiq jahon chempioni, 36 yoshli britaniyalik Entoni Joshua o‘z hamyurti, afsonaviy Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

«Bu men uchun ajoyib jang bo‘ladi. Men ko‘p sinovlarni boshdan kechirdim, hayotimda qiyinchiliklar kam bo‘lmadi. Va bu to‘qnashuv men uchun ayni muddaodir. Men sportni tark etganim yo‘q, hech qachon ketaman deb aytmaganman. Shu sababli, bu chorlovni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Bu — mening o‘yinim, hayotimning bir qismi va men bundan zavq olaman.

Men tayyor bo‘laman. 100 foiz tayyor bo‘laman. Men haliyam katta o‘yin ichidaman. Ko‘p yillardan beri, naq 10 yildan beri ushbu jangni kutganman! Va nihoyat, hozirda muzokaralar olib borilmoqda», — dedi Joshua jang yakunida bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina yakunlangan jangda Tayson Fyuri rossiyalik Arslanbek Mahmudovni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgan edi. Ushbu g‘alabadan so‘ng ikki britaniyalik super yulduz o‘rtasidagi jang ehtimoli yanada ortdi.

Kiritildi: 20:58, 12.04.2026.
O'qildi: 950 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик