Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Nakamura bilan tezkor durang o‘ynadi. Giri katta ustunlikni g‘alabaga aylantira olmadi

Talabgorlar turniri. Javohir Sindarov Nakamura bilan tezkor durang o‘ynadi. Giri katta ustunlikni g‘alabaga aylantira olmadi

Baho:
+ | -

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026 yilgi Talabgorlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning 12-turida Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri Hikaru Nakamuraga qarshi dona surdi.

Ushbu bahs 33-yurishdayoq durang natija bilan yakunlandi. Shaxmatchilar mazkur o‘yin uchun taxminan yarim soat vaqt sarflashdi.

Mazkur natija evaziga Javohir turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Ayni paytda Sindarov 9 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Hamyurtimizning eng yaqin ta’qibchisi Anish Giri xitoylik Vey-Yiga qarshi qora donalarda o‘ynab, g‘alabaga juda yaqin keldi. Xitoylik shaxmatchi partiya daovomida bir nechta xtolarga yo‘l qo‘ydi. Ammo niderlandiyalik grossmeyster negadir g‘alabaga olib boruvchi yo‘lni topa olmay, har safar vaziyatni tenglashtirib qo‘ydi. 77-yurishga kelib esa tomonlar yurishlarni 3 marta takrorlashdi va durangga imzo chekishdi.

13 aprel — musobaqada dam olish kuni. 13 aprel kuni esa Giri va Sindarov o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ushbu o‘yinda durang ham Javohirga muddatidan avval chempionlikni taqdim etadi.

15 aprelga qadar davom etadigan mazkur turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 14 turdan iborat musobaqaning umumiy sovrin jamg‘armasi 700 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:45, 13.04.2026.
O'qildi: 2120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик