Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Bornmut» himoyachisi «Yuventus»ga o‘tishdan bosh tortdi

«Bornmut» himoyachisi «Yuventus»ga o‘tishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

«Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi «Yuventus»ga o‘tishni istamadi.

28 yoshli futbolchining «olchalar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda Senesi «Yuventus»ning taklifini rad etgan, shuningdek, Dortmundning «Borussiya» klubi ham undan rad javobini olgan. Manbaga ishonilsa, «keksa sinyora» argentinalik futbolchiga 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma asosida yiliga 3 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan, biroq o‘yinchini bunday shartlar qoniqtirmagan.

Taxminlarga ko‘ra, Markos Senesi yangi klubida yiliga taxminan 5 million yevro maosh olish niyatida. Shuningdek, uning Premyer-ligada qolish istagi borligi ham ma’lum.

Kiritildi: 08:54, 13.04.2026.
O'qildi: 432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик