Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Inter» himoyachisi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarga izoh berdi

«Inter» himoyachisi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarga izoh berdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi chap qanot himoyachisi Karlos Augusto o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Neradzurrilar» braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi jamoadagi o‘z rolidan unchalik mamnun emas, shu sababli muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.

«Shartnomani uzaytirish? Bu borada muhokamalar ketmoqda, lekin hozir bor e’tiborim oldinda turgan ikki oyga qaratilgan. Vazifamiz — joriy mavsum yakuniga qadar ikkita kubokni qo‘lga kiritish. Shartnomam haqida esa keyinroq o‘ylab ko‘ramiz», — dedi Augusto A Seriyaning yakshanba kungi bahsida «Komo» ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:3) keyingi matbuot anjumanida.

27 yoshli lateralning amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:23, 13.04.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик