Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Mbappe peshonasidan olgan jarohat sababli “Real”ning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi (foto)

Mbappe peshonasidan olgan jarohat sababli “Real”ning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi (foto)

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 31-turidan o‘rin olgan “Jirona”ga qarshi o‘yinda (1:1) olgan jarohati (qoshi yorilishi) sababli jamoaning mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Fransiyalik forvard “Jirona” bilan bahsning 88-daqiqasida, raqib jarima maydonchasi ichida Vitor Reysning bergan zarbasidan so‘ng jarohat olgan edi. O‘shanda uchrashuv bosh hakami Xavyer Alberola Roxas qoida buzilishini qayd etmadi va “qaymoqranglilar” foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilanmadi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni “Real” Chempionlar Ligasi chorak finalining javob uchrashuvi doirasida “Bavariya” bilan to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yinda madridliklar 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Hozirda Mbappening ushbu muhim bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida turibdi.

Avvalroq, “qirollik klubi” o‘zining sobiq yulduzi Toni Kroosni klub kelajagida asosiy rol o‘ynashi uchun jamoaga qaytarishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi. Klubdagi aksariyat mutaxassislar uning qaytishi jamoada katta o‘zgarishga sabab bo‘lishiga ishonmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:44, 13.04.2026.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик