Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Chelsi» murabbiyi mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z kelajagi borasidagi savollarga javob berdi

«Chelsi» murabbiyi mag‘lubiyatlardan so‘ng o‘z kelajagi borasidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -1

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor keyingi mavsumda ham klubdagi faoliyatini davom ettirishiga sha’ma qildi.

«Ko‘klar»ning so‘nggi o‘yinlardagi qator muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng mutaxassisning kelajagi shubha ostida qolgan edi. Yakshanba kuni londonliklar o‘z maydonida «Manchester Siti»ga imkoniyatni boy berishdi (0:3). Murabbiyning o‘zi esa allaqachon yozgi transferlarni rejalashtirishda ishtirok etayotganini ma’lum qildi.

«Biz yozgi transfer oynasi yopilganidan keyin tarkibimiz qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligi borasida batafsil muhokamalar o‘tkazdik», — deya jurnalist Fabrisio Romano Rosenyorning so‘zlarini keltirmoqda.

Angliyalik mutaxassis joriy yilning yanvar oyida Enso Mareskaning o‘rnini egallab, «Chelsi»da ish boshlagan edi. Jamoaning amaldagi boshqaruvchisi bilan imzolangan shartnoma 2032 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:39, 13.04.2026.
O'qildi: 639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик