Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana

«Barselona»ning yosh iqtidori «Atletiko» bilan bahsgacha tiklanishga ulgurmayapti

«Barselona»ning yosh iqtidori «Atletiko» bilan bahsgacha tiklanishga ulgurmayapti

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal Chempionlar ligasi doirasida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi kechadigan muhim bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

18 yoshli futbolchi oy boshida to‘pig‘idan jarohat olgan edi, shu sababli u «ko‘k-anorranglilar»ning so‘nggi ikki o‘yinida ishtirok eta olmadi. Diario AS nashrining xabariga ko‘ra, Bernal «matraschilar»ga qarshi YECHL 1/4 final javob uchrashuvigacha tiklanishga ulgurmayapti: yarim himoyachi yo og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida maydonga tushadi yoki umuman o‘yinda qatnashmaydi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni va uning qaytishini tezlashtirishni istamayapti. Yakuniy qaror dushanba kuni qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» qarama-qarshilikning dastlabki bahsida «Kamp Nou»da «Atletiko»ga imkoniyatni boy bergan (0:2). Javob o‘yini seshanba kuni, 14 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:19, 13.04.2026.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик