Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Gvardiola «Siti» boshqaruvini qo‘lga olganidan buyon…

Gvardiola «Siti» boshqaruvini qo‘lga olganidan buyon…

Baho:
+ | -

Ispaniyalik Xosep Gvardiola 2016 yili «Manchester Siti» boshqaruvini qo‘lga olganidan buyon jahon futbolida transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan murabbiy hisoblanadi. Oxirgi 10 yillikda shayxlardan tarkibni kuchaytirish yo‘lida 2,05 milliard yevro «undirgan» Pep bu borada yaqin ta’qibchilaridan ancha oldinda – o‘rtada katta farq bor…

Ortga nazar tashlasak, Xosep Gvardiola mavsum-2016|2017 oldidan «Manchester Siti»ni qarib borayotgan tarkibini meros qilib oldi va birinchi urinishdayoq Ilkay Gyundogan, Leroy Sane, Jon Stounz, Klaudio Bravo va Gabriel Jezus kabi yangi futbolchilar transferiga 190 mln. yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Biroq katta xarajat uning debyut mavsumida aytarli natija keltirmadi: «shaharliklar» APLda 3-o‘rin bilan cheklanishdi va birorta sovrin yuta olishmadi. Shunga qaramay Gvardiola tez orada o‘z ritmiga tushdi. Xususan, jamoa uning ikkinchi mavsumida Ederson, Bernardo Silva, Kayl Uoker, Benjamin Mendi va Emerik Lyaport xaridiga yana 280 mln. yevro ajratdi. Bu Gvardiolaning murabbiylik tarixidagi eng yaxshi transferlar kampaniya­si bo‘ldi, shubhasiz. Har holda, o‘sha mavsum xarid qilingan aksariyat futbolchilar klubda uzoq va muvaffaqiyatli faoliyat olib borishdi. Asosiysi, «Manchester Siti» yangilangan tarkib bilan APLda zafar kuyini chaldi rekord darajada ko‘p ochko (100ta) to‘plagan holda.

Umuman, Gvardiola jamoasi mavsum-2017|2018dan e’tiboran 6ta urinishdan 5tasida Angliya chempioni bo‘ldi. Shuncha vaqt oralig‘ida esa yangi futbolchilar transferiga 970 mln. yevrodan ko‘p mablag‘ ketdi. Ha, «Manchester Siti» oxirgi 18 oyda ancha qiynaldi, lekin Xosep Gvardiolaning transfer xarajatlari o‘sishda davom etmoqda. Xususan, oxirgi xaridlar (Antuan Semenyo va Mark Gexi) ham arzonga tushmadi. Nazariy jihatdan qaraganda, Gvardiola hozir o‘tgan yilning yanvar oyidan buyon klub bilan shartnoma tuzgan futbolchilarning o‘zidan bahosi 415 mln. funt sterlingga teng boshlang‘ich tarkib shakllantirishi mumkin bemalol. Xullas, Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Gvardiola «Manchester Siti» rulini qo‘lga olganidan buyon klubning transferlar xarajati 2,05 mlrd. yevroga yetdi. Jamoa bu orada ispaniyalik mutaxassis talabi bilan 67 nafar futbolchini sotib olganini hisobga olsak, 1ta transferning o‘rtacha qiymati 30,5 mln. yevroni tashkil etdi. Gvardiola bugungi futbolda eng kuchli murabbiylardan biri ekanligini hech kim inkor etolmaydi, ammo uning aksariyat hamkasblariga nisbatan ancha ko‘p moliyaviy yordam olgani – ayni haqiqat.

Oxirgi 10 yillikning serxarajat murabbiylari ro‘yxatiga qarasak, Xosep Gvardiolaning eng yaqin ta’qibchisi – Diyego Simeone. Argentinalik mutaxassis «Atletiko» boshqaruvida mavsum-2016|2017dan buyon 1,22 mllrd. yevro sarfladi. O‘rtadagi farqqa qarang… Aytgancha, Simeone hozirga qadar dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy bo‘lib qolmoqda. Uning hissasiga to‘g‘ri kelayotgan umumiy mablag‘da Joau Felish, Xulian Alvares va Tomas Lemar kabi futbolchilar transferi  alohida vaznga ega. Umuman, 2016 yildan buyon Gvardiola va Simeonedan tashqari, yana 7 nafar murabbiy xarajat bobida 1 mlrd. yevro marrasidan oshdi. Gap Antonio Konte, Massimiliano Allegri, Tomas Tuxel, Unai Emeri, Mikel Arteta, Erik ten Xag va Eddi Xau haqida ketmoqda. Diqqatni tortadigan jihat – 2016|2017 yillar mavsumidan e’tiboran transferlar uchun eng ko‘p pul talab qilgan 10 nafar murabbiy qatorida portugaliyalik Nunu Eshpiritu Santu ham bor. U umumiy chiqim miqdori bo‘yicha hatto Yurgen Klopp, Maurisio Pochettino, Joze Mourinyo va Luis Enrikedan ham oldinda.

Xosep Gvardiola «Manchester Siti»da ish boshlagani (2016|2017 yillar mavsumi)dan buyon jahon futbolida transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan murabbiylar (Capology ma’lumoti)

1. Xosep Gvardiola – 2,05 mlrd. yevro

2. Diyego Simeone – 1,22 mlrd. yevro

3. Antonio Konte – 1,19 mlrd. yevro

4. Massimiliano Allegri – 1,17 mlrd. yevro

   Tomas Tuxel – 1,17 mlrd. yevro

6. Unai Emeri – 1,13 mlrd. yevro

7. Mikel Arteta – 1,09 mlrd. yevro

8. Erik ten Xag – 1,07 mlrd. yevro

9. Eddi Xau – 1,01 mlrd. yevro

10. Nunu Eshpiritu Santu – 985 mln. yevro

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:44, 13.04.2026.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик