«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida kechgan bahsda o‘z maydonida «Lids Yunayted»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, «qizil iblislar» 1981 yildan buyon ilk bor Angliya chempionati doirasida «Old Trafford»da «tovuslar»ga mag‘lub bo‘lishdi.
Bundan avval mankunianliklar o‘z uylarida yorkshirliklarga oxirgi marta 1981 yilning fevral oyida (0:1) imkoniyatni boy berishgan edi. O‘sha mavsum yakunlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Birinchi divizion turnir jadvalida sakkizinchi, «Lids Yunayted» esa to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.
APLning 2025/2026 yilgi mavsumi 32-turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 55 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qoldi. «Lids» esa 36 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.













