Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik ayol futbolchining musodara qilingan aktivlari qaytarib berildi

Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik ayol futbolchining musodara qilingan aktivlari qaytarib berildi

Baho:
+ | -

Eron sud hokimiyati 13 aprel kuni ayollar futbol terma jamoasi sardori Zahro Ganbariyning musodara qilingan mol-mulklari va aktivlari qaytarib berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Zahro Ganbariy mart oyida Isroil va AQSHning Islom Respublikasiga qarshi urushi boshlangan bir vaqtda, Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Avstraliyaga borgan va davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan. Musobaqadan so‘ng Ganbariy boshchiligidagi olti nafar futbolchi va bir nafar texnik xodim Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘ragan.

Biroq keyinchalik ularning besh nafari, jumladan, Ganbariy ham o‘z qarorini o‘zgartirib, jamoaning qolgan a’zolari bilan birga vatanga qaytgan. 19 mart kuni Tehronda ular uchun maxsus kutib olish marosimi o‘tkazilgan.

Eron sud organlarining bildirishicha, Ganbariyning aktivlari uning xulq-atvori o‘zgargani va aybsizlik deklarasiyasi e’lon qilinganidan so‘ng, sud qarori bilan qaytarilgan.

Qayd etish joizki, aktivlari muzlatilgan “sotqinlar” ro‘yxati e’lon qilingach, oradan ikki kun o‘tib, ushbu xabar berildi. Mazkur ro‘yxat 28 fevralda boshlangan urushdan so‘ng tuzilgan edi. Ganbariyning ismi ham ushbu ro‘yxatda bor edi, biroq uning mulki aynan qachon muzlatilgani aniq emas.

Inson huquqlari tashkilotlari Eron hukumatini xorijda musobaqalarda qatnashayotgan sportchilarga qarindoshlari orqali tahdid qilish yoki mulklarini musodara qilish bilan bosim o‘tkazishda ayblab keladi. Mazkur holatda ham huquq himoyachilari Tehrondan sportchilarning ota-onalari razvedka agentlari tomonidan so‘roq qilinganini da’vo qilmoqda.

“Eron rasmiylari esa bu ayblovlarni rad etib, aksincha Avstraliya sportchilarni qochib ketishga majburlashga uringanini ta’kidlamoqda”, deyiladi xabarda.

Ayollar terma jamoasi dastlabki o‘yin oldidan mamlakat madhiyasini kuylamagani uchun Eron tomonidan keskin tanqidga uchragan edi. Keyingi o‘yinlarda sportchilar madhiyani kuylagan. O‘sha voqealardan so‘ng Eron ayollar terma jamoasining faqat ikki nafar futbolchisi Avstraliyada qolgan va hozirda Brisbane Roar klubi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Jahon chempionati va kelajak

Ushbu voqealar iyun oyida AQSHda o‘tadigan Jahon chempionati arafasida Eron erkaklar terma jamoasi atrofidagi bahslarni ham kuchaytirdi. FIFA prezidenti Janni Infantino mart oyida Turkiyadagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida bergan intervyusida:

“Eron Jahon chempionatida ishtirok etadi va AQSHdagi guruh o‘yinlarini rejalashtirilganidek o‘tkazadi”, deya ta’kidladi.

Eron ayni damda urush holatida ekani sababli uning turnirga borishi shubha ostida qolmoqda. FIFA prezidenti Janni Infantino Eronning guruhda Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya bilan o‘ynashini tasdiqlagan bo‘lsa-da, siyosiy vaziyat va AQSH bilan munosabatlar turnirga borish ehtimolini pasaytirmoqda. FIFA esa o‘yinlarni AQSHdan tashqariga ko‘chirishni rad etgan.​

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:12, 14.04.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик