Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Otabek Narzullayev: "Futbolchi o‘ynamasa, Gvardiolani olib kelsangiz ham foydasi yo‘q"

Otabek Narzullayev: "Futbolchi o‘ynamasa, Gvardiolani olib kelsangiz ham foydasi yo‘q"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Mash’al" (2:1) uchrashuvidan so‘ng muborakliklar ustozi Otabek Narzullayev fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Tushunmayotgan jihatimiz, futbolchilar agressiv futbol o‘ynayotgani yo‘q. O‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayapti. Shuning uchun biz qayerdadir mag‘lubiyatga uchramoqdamiz. O‘zimizning xatolarimiz evaziga faqat yutqazyapmiz. Birinchi bo‘limni ko‘rib chiqishimiz kerak, ikkinchi bo‘limda biroz bo‘lsa-da futbol o‘ynadik. Futbolchilarga doimo agressiv o‘yin ko‘rsatishni aytamiz. O‘yinchi jon-jahdi bilan o‘ynamasligi nima bilan bog‘liqligini bilmadim. To‘g‘ri, hozir qiyinchilik, lekin hammada bir xil vaziyat. Buni bahona qilolmaymiz va ishlashda davom etamiz", — deydi Otabek Narzullayev.

— Balki bu moliyaviy muammolar bilan bog‘liqdir?

— Hammaning oilasi bor. Bu bizning qo‘limizda emas. Barchaning o‘z tashvishi mavjud. Har jihatdan ta’sir qiladi. Qaysidir kun pulga erishib bo‘ladi. Ammo ochko emas. Har bir bahsda mana shunday xatolar sabab yutqazyapmiz. Ochko oladigan joyimizda ololmayapmiz. Futbolchi professional bo‘lishi kerak. Nima uchun futbolni tanladik? Hayot bir xil davom etmaydi-ku. Maydonga chiqdimi, demak agressiv futbol ko‘rsatish lozim. "Paxtakor" kuchli jamoa, tan olish kerak. Durang qayd etishimiz mumkin edi. Oxirgi daqiqalarda vaziyatdan foydalana olmadik.

— "Paxtako" bilan o‘yinlarda "Mash’al"ga o‘xshagan jamoalarga nima yetishmaydi?

— Kim shu kuni har tomonlama tayyor bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. Yakkakurashlarda ustun kelgan jamoa g‘alaba qozonadi. Bunda yengildingizmi, demak mag‘lubiyat.

— 7 ta o‘yinda 0 ochko va 2 ta gol. O‘tgan yili tark etgan "Sho‘rtan" ham 7 ta uchrashuvda 1 ochko olgan edi. Shu paytgacha to‘g‘irlab bo‘lmayotgan kamchilik qaysi edi?

— Biz har bir o‘yinda vaziyatni yaxshilashga harakat qilyapmiz. Jamoa futbol o‘ynayapti, gol urishni boshlayapti. Xato evaziga yutqazyapmiz. Biz ko‘p narsani o‘tkazib yubordik. Baribir vaqt kerak. Rahbariyat buni ko‘rib chiqishi kerak. Yaxshiroq murabbiy olib kelinsa, vaziyat yanada yaxshilanishi mumkindir. Biz qo‘limizdan kelganicha ishlayapmiz. Hozirgi holatimizda birinchi o‘rinda natija kerak.

— Surov butunlay ketdimi?

— U qarorgohimizda davolanyapti. "Bunyodkor", "Paxtakor", "Navbahor"ga qarshi men tayyorladim. Surov sog‘lig‘i yomonligi uchun klub qarorgohida. Hamma 4 ta turda qanday o‘ynaganimizni, oxirgi o‘yinlarda qanday harakat qilganimizni ko‘rdi. Barcha O‘zbekiston chempionatini kuchsiz deb o‘ylaydi. Lekin hozir eng kuchaygan payti. Yangi murabbiy kelgani bilan kirishib ketishi qiyin bo‘ladi.

— Siz yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko‘rasiz. Suhrob Parmonqulov siz kelganingizdan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelyapti. Tavakkal qilib mana shunday yoshlarni maydonga tushirish imkoni bormi?

— Tavakkal qilish biroz qiyinroq bo‘ladi. Bizga har bir ochko oltinga teng. Men o‘zim yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Lekin vaziyatimiz boshqacha. Qayerdadir yosh va tajribani uyg‘unlashtirib, natija uchun o‘ynashimiz kerak. Vaqt o‘tib bormoqda.

— Nigeriyalik futbolchi Ayagva 3 ta o‘yindan beri qaydnomada yo‘q...

— Ayagvaning oilaviy muammosi bor. Shu bois yordam bera olmasligini aytdi. U ruhan tayyor emasdi.

— "Mash’al" ikki frontda kurasha oladimi? Kubok va chempionatda...

— Fikrimcha, qo‘limizdan keladi. Murabbiy aytgani bilan bo‘lib qolmaydi. Maydonda futbolchilar o‘ynaydi. Murabbiy har doim g‘alabani istaydi. Futbolchi o‘ynamasa, Gvardiolani olib kelsangiz ham hech narsa qila olmaydi. Yoshlarni tekshirib olish uchun ham kubok yaxshi imkoniyat.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 10:26, 14.04.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик