Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Xose Santamariya 96 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «qirollik klubi» matbuot xizmati rasmiy xabar berdi.
«Klubimiz chuqur ta’ziya izhor etadi. Santamariya «Real» va jahon futbolining haqiqiy afsonalaridan biridir. U Yevropa chempionlari kubogini bir necha bor qo‘lga kiritgan o‘sha mashhur jamoaning ajralmas qismi edi», — deyiladi madridliklar xabarida.
Xose Santamariyaning «Real»dagi muvaffaqiyatlari: 6 karra Ispaniya chempioni, 4 karra Yevropa chempionlari kubogi (hozirgi Chempionlar Ligasi) g‘olibi.
Bugun, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan «Bavariya»ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvi ushbu afsonaviy himoyachi xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimlari bilan boshlanishi kutilmoqda.













