Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

Krishtianu Ronaldu Yevropa klubiga qaytishi mumkin — manbalar

Krishtianu Ronaldu Yevropa klubiga qaytishi mumkin — manbalar

Baho:
+1 | -

Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning kelajak faoliyati bo‘yicha rejalari ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

TVI Portugal ma’lumotiga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi o‘z karyerasining keyingi bosqichini belgilab qo‘ygan. Unga ko‘ra, 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.

Shundan keyin u "An-Nas"r klubida yana bir mavsum o‘ynashi kutilmoqda. Uning saudiyaliklar bilan hozirgi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Manbalarga ko‘ra, Ronaldu keyinchalik Yevropa futboliga qaytishni rejalashtirmoqda va u yerda karyerasining so‘nggi mavsumini o‘tkazib, 2028 yilda 43 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin.

Hozirda Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati — 2026da ishtirok etmoqda. Bu mundial uning faoliyatidagi rekord — 6-Jahon chempionati hisoblanadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:55, 16.06.2026.
O'qildi: 11954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик