Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Slot: «Liverpul» sotib olish uchun sotishga majbur»

Slot: «Liverpul» sotib olish uchun sotishga majbur»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa tarkibini shakllantirishda klub yuritayotgan strategiya haqida fikr bildirdi.

«Yaqin haftalarda aynan shunga intilishimiz kerak. Isak safga qaytgani va o‘ynashga to‘liq qodirligi yaxshi bo‘ldi. Klub o‘tish davrida ekanligi haqida allaqachon ko‘p gapirildi. Biz 5 nafarga yaqin juda iqtidorli futbolchilarni sotib olishga mablag‘ yig‘ish uchun 8 yoki 10 nafar o‘yinchini sotdik.

Biz sotib olish uchun sotishga majburmiz. Ayrim futbolchilarni tekinga (erkin agent sifatida) yo‘qotish xavfimiz bor. Bu katta muammo, biroq klub bizning model ishlayotganini ko‘rsatdi. Ko‘p marta aytganimdek, kelajak juda porloq ko‘rinmoqda, ayniqsa, agar biz shu yozda yaxshi futbolchilar ketganidan keyin ularning o‘rniga yuqori sifatli o‘yinchilarni taklif qila olsak», — deya Slotning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com nashri Amazon Prime'ga tayanib.

Ko‘rinib turibdiki, Slot yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga sha’ma qilmoqda.

Kiritildi: 21:00, 15.04.2026.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик