Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

YECHL. «Arsenal» «Sporting» to‘sig‘idan o‘tdi

YECHL. «Arsenal» «Sporting» to‘sig‘idan o‘tdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» jamoasi o‘z maydonida Lissabonning «Sporting» klubi bilan durang o‘ynab, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi bahs — 1:0) «kanonirlar» g‘alaba qozonishdi. E’tiborli jihati, o‘yinning 70-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Mikel Arteta hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Endi yarim final bosqichida «Arsenal» Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bahs olib boradi. Madridliklar chorak finalda «Barselona»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida mag‘lub etib, musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.

«ARSENAL» — «SPORTING» — 0:0

(Birinchi o‘yin — 1:0, umumiy hisob — 1:0)

«Arsenal»: David Rayya, Vilyam Saliba, Gabriel Magalyayns, Pyero InkapYE, Yerson Moskera, Martin Subimendi, Deklan Rays, Eberechi Eze (Gabriel Jezus, 79), Gabriel Martinelli (Leandro Trossar, 79), Noni Madueke (Maks Douman, 63), Viktor Dyokeresh (Kay Xavers, 56).

«Sporting»: Ruy Silva, Gonsalu Inasiu, Usman Diomande, Maksimilyano Arauxo, Eduardu Kuarejma (Georgios Vayannidis, 85), Xidemasa Morita (Joau Simoyes, 77), Morten Yulmann, Fransishku Trinkan (Gabriel Nel, 85), Pedru Gonsalvesh (Daniel Bragansa, 71), Jeni Katamu (Jeovani Kenda, 71), Suares.

Ogohlantirish: Maksimilyano Arauxo (79).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:11, 16.04.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик