«Bavariya» Chempionlar ligasi chorak finalining javob uchrashuvida «Real»ni mag‘lub etdi (4:3).
O‘yin davomida Madrid klubi uch bor hisobda oldinga chiqib oldi, biroq myunxenliklar har safar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqa tarixida bunday holat ikkinchi bor qayd etildi.
Birinchi marta bu voqea 2003 yili «Manchester Yunayted» va «Real» o‘rtasidagi bahsda (4:3) yuz bergan edi. O‘shanda ham madridliklar uch marta hisobda oldinga chiqishgan, ammo mankunianliklar muvozanatni tiklab, yakunda zafar quchishgan edi.













