Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rosenyor jurnalistning savolidan ajablandi

Rosenyor jurnalistning savolidan ajablandi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor matbuot anjumanida futbolchilar kuchli beshlikdan joy olib, keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga ishonishi haqidagi savolga javob berdi.

«Albatta, futbolchilar ishonishadi. Albatta, biz hali ham bunga ishonamiz. Nima uchun bu savolni berayotganingizni tushunmayapman. Umuman olganda, nega bunday narsani so‘rayotganingizni anglamayapman», — dedi Rosenyor jurnalistlarga.

«Chelsi» Premyer-liga turnir jadvalida oltinchi pog‘onada bormoqda va beshinchi o‘rindagi «Liverpul»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda.

Ma’lumki, Angliyaning joriy mavsumdagi koeffisiyentlar jadvalidagi ko‘rsatkichi tufayli APLdagi beshinchi o‘rin ham Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘ringa aylangan.

Kiritildi: 22:03, 16.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик