2010 yilgi «trebl» zafari bilan nomi chambarchas bog‘liq bo‘lgan sobiq argentinalik futbolchi Diyego Milito klubdagi hozirgi holat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Militoning hisoblashicha, «Inter» ustozi Kristian Kivu o‘z vazifalarini a’lo darajada bajarmoqda va klub uchun juda mos keladi.
«Kristian Kivu — «Inter» uchun ideal murabbiy. Undan ajoyib murabbiy chiqishiga doim ishonganman. Shuningdek, Tyago Motta haqida ham hali ko‘p eshitishimizga aminman, u ham o‘z ishining eng yaxshilaridan biriga aylanishi mumkin», — deya Militoning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Kivu Milanning «Inter» klubida birinchi yildan beri ishlamoqda.













