Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Kamavinga o‘rniga yulduz futbolchini olib keladi

«Real» Kamavinga o‘rniga yulduz futbolchini olib keladi

Baho:
+-1 | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavinga sotilgan taqdirda, uning o‘rniga kimni sotib olmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «Real»ning rejasi — yozda Londonning «Chelsi» klubi xavbeki Enso Fernandesni sotib olish. Bu Ispaniya grandining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi. Manbaga ko‘ra, ushbu kelishuv «qaymoqranglilar» rahbariyati Kamavingani transferga qo‘yish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng imkonli bo‘lib qolgan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Fernandes barcha turnirlarni hisobga olgan holda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi, 12 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi va o‘z hisobiga oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:09, 17.04.2026.
O'qildi: 7236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик