Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: “Vazifam gol urish, lekin gol urishdan ham ko‘ra jamoamning g‘alabasi muhim”

Po‘latxo‘ja Xoldorxonov: “Vazifam gol urish, lekin gol urishdan ham ko‘ra jamoamning g‘alabasi muhim”

Baho:
+ | -

19 aprel kuni Qo‘qonda vodiy derbisi doirasida “Andijon” klubi “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda “Burgutlar” bo‘lajak bahs uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jamoamiz a’zolari buning uchun mashg‘ulotlarda jiddiy ishlashmoqda va murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida shug‘ullanishyapti.

Jumladan, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov ham jamoadoshlari qatori yuqori sur’atda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Jamoamizning bugungi mashg‘uloti oldidan klub matbuot xizmati Xoldorxonov bilan qisqacha muloqot o‘tkazdi.

— Po‘latxo‘ja, 19 aprel kuni “Andijon”ni safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi navbatdagi vodiy derbisi kutmoqda. Bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda va jamoaning kayfiyati qanday?

— Assalomu alaykum. O‘yinga tayyorgarligimiz yaxshi ketmoqda. Jamoaning kayfiyati yaxshi va hamma o‘yinga tayyor.

— Ma’lumki, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyin jamoamizda murabbiylar almashdi. Ayting-chi, murabbiy yangilanganidan so‘ng jamoada qanday o‘zgarishlarni sezyapsiz?

— Bilasizmi, murabbiy almashgani bilan jamoaning maqsadi o‘zgarmaydi. Barcha o‘yinga hammamiz maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz. Mashg‘ulotlar jarayonida shuni ko‘ryapmizki, bizga dominant futbolni olib kirmoqda. Aynan mashg‘ulotlarda shuning ustida ko‘proq ishlayapmiz.

— Har o‘yinda jon-jahdingiz bilan o‘ynayotganingizga guvoh bo‘lyapmiz. Oldindagi o‘yin uchun qanday motivasiya olyapsiz?

— Xudo xohlasa, bo‘lajak bahsda jamoamga qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Albatta, mening vazifam gol urish, lekin gol urishdan ham ko‘ra jamoamning g‘alabasi muhim. Men har bir uchrashuvda borimni berishga harakat qilaman va buning uchun hamma vaqt muxlislardan motivasiya olaman.

— Jamoaning mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasiga nima sabab deb o‘ylaysiz?

— Afsuski, o‘yinlarda bizga ko‘pincha omad yetishmadi, deb o‘ylayman. Qayerdadir o‘zimizning xatolarimiz evaziga yutqazdik. Albatta, oldingi xato va kamchiliklardan yetarli xulosalar chiqarib, bo‘lajak bellashuvlarda ishqibozlarimizni g‘alabalar bilan xursand qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:45, 17.04.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик