Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. «Komo» safarda «Sassuolo»ga mag‘lub bo‘lib, beshinchi o‘ringa tushib ketdi

A Seriya. «Komo» safarda «Sassuolo»ga mag‘lub bo‘lib, beshinchi o‘ringa tushib ketdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan bahsda «Komo» safarda «Sassuolo»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar safida yagona golni 45+2-daqiqada Niko Pas kiritdi. Mezbonlardan esa Kristian Volpato (42-daqiqa) va Mbala Nzola (44-daqiqa) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Qayd etish joizki, Nzola goldan tashqari bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

«Komo» ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 58 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi. «Sassuolo» esa 45 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasini egallab turibdi.

«SASSUOLO» — «KOMO» — 2:1

Gollar: Kristian Volpato 42’ (1:0), Mbala Nzola 44’ (2:0), Niko Pas 45+2’ (2:1).

«Sassuolo»: Stefano Turati, Djey Idzes, Tarik Muxaremovich, Mamadu Kulibali, Sebastyan Valyukevich, Nemanya Matich (Lipani, 76), Kristian Torstvedt, Ismael Kone, Arman Loryante, Kristian Volpato (Fadera, 64), Mbala Nzola (Andrea Pinamonti, 76).

«Komo»: Jan Byute, Mark-Oliver Kempf, Ramon, Alberto Moreno, Xrvoye Smolchich (Voyvoda, 46), Maksans Kakere (Maksimo Perrone, 46), Lyuka Da Kunya (Kyun, 72), Niko Pas, Martin Baturina (Tasos Duvikas, 46), Diao (Rodriges, 60), Alvaro Morata.

Ogohlantirishlar: Ramon (14), Alvaro Morata (27), Ismael Kone (51), Kristian Volpato (64), Alberto Moreno (79), Kristian Torstvedt (82).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:32, 17.04.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик