Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Anvar G‘ofurov: «Bu mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman»

Anvar G‘ofurov: «Bu mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov Superliganing 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz?
— “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Men shunday o‘yin bo‘lishini kutgandim va katta ehtimol bilan bitta gol evaziga qaysidir jamoa g‘alaba qozonishini bilgandim. “Qizilqum” jamoasining o‘yin uslubi o‘ziga xos — ular to‘psiz ham samarali o‘ynay oladigan jamoa hisoblanadi. Qarshi hujumlarda o‘z imkoniyatlarini yaratib, fursat bo‘lganda undan unumli foydalanishini ham bilardim va amalda ham shunday bo‘ldi.

Biz to‘pni ko‘p nazorat qildik, ammo raqib jamoa juda yuqori zichlikda harakat qildi, 10 nafar bo‘lib maydonning o‘z yarmida yaxshi joylashdi. Bizning o‘z o‘yinimiz, o‘z yo‘limiz bor — biroz boshqacharoq yo‘nalishda harakat qilyapmiz va mana shunday jamoalar bilan o‘ynab o‘sishga harakat qilamiz. Buning uchun bizda salohiyat bor, ishonaman — buning uddasidan chiqamiz.

— Chineduning bir qator vaziyatlarda jahli chiqishi nima bilan bog‘liq, psixologik tomondan tayyor emasmi?
— Chineduda bunday holat ilk bor kuzatildi. O‘zi bilan suhbatlashganimda, raqib futbolchisi uning shaxsiyatiga tegadigan so‘zlar aytgani, hatto onasini haqorat qilgani uchun qattiq ta’sir qilganini aytdi. Bu, albatta, har kim uchun og‘ir holat. Lekin maydonda qanday inson yoki qanday futbolchi bo‘lishidan qat’i nazar, faqat futbol o‘ynash kerak. Bunday gaplar aytilmasligi kerak, buni noto‘g‘ri deb hisoblayman.

— Birinchi bo‘limda jamoangiz to‘p nazoratini yaxshi ushlab turdi, ammo ikkinchi bo‘limda “Qizilqum”da ko‘p vaziyatlar vujudga keldi. Bu nima bilan bog‘liq deb o‘ylaysiz?
— Birinchi bo‘limda biz to‘pni ko‘proq nazorat qildik va aniq golli vaziyatlar yaratishga umid qilgandik. Ammo raqib juda zich himoyada harakat qildi. Shu sababli biz tavakkal qilishga majbur bo‘ldik. Agar tavakkal qilmasak, o‘yinni ochish juda qiyin edi.

Shuning natijasida raqibga ko‘proq to‘p o‘ta boshladi. Har bir uzatmada, agar Chinedu yakka holatda qolsa ham, o‘sha joyda uch nafar markaziy himoyachi harakat qilardi. Ko‘proq to‘p ularga tushdi va qarshi hujumlarda ko‘proq vaziyatlar yaratishdi. Chunki orqada taxminan 50 metrlik masofada zich joylashishgan edi. Albatta, bo‘sh hududlarda o‘ynash osonroq va shu orqali ular imkoniyatlar yaratishdi.

Agar biz g‘alaba uchun o‘ynamaganimizda, o‘yin boshqacharoq kechishi mumkin edi. Biz ham orqaga chekinib o‘ynardik, ular ham shunday qilardi. Lekin biz maydonga g‘alaba uchun tushgandik. Bu — futbol, biz esa o‘sish va o‘rganish yo‘lidamiz. Jamoamiz o‘yinini yanada yaxshilashga harakat qilamiz.

— Abdullajonovning zaxiraga olinishi sababi nimada?
— Albatta, biz Asad Karimovni ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushirishni rejalashtirgandik. Sababi, u yakka kurashlarda yaxshiroq harakat qiladi. O‘ylagandimki, u futbolni sog‘ingan va bugungi o‘yinda bor kuchini beradi. U jamoaga kerak edi — yangi kuch, o‘zini isbotlashga intilish bor.

Uning muxlislari, yaqinlari bor, uning o‘yinini kuzatishadi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda, u yakka vaziyatlarda raqibni aldab o‘tib, imkoniyatlardan foydalanadi deb o‘ylagandik.

Shuningdek, Richard Fraydeyning tezligi ham muhim edi. Bizga qanotlardan uzatmalar berish kerak edi, chunki asosiy maqsad — gol urish edi. Ammo juda ko‘p va aniq vaziyatlar yarata olmadik, chunki markazda raqibning 6 nafar futbolchisi harakat qildi. Bu esa, albatta, qiyinchilik tug‘diradi.

Lekin bu futbol — kerak bo‘lsa, markazda 7–10 nafar raqibga qarshi ham harakat qilishga to‘g‘ri keladi.

Muxlislarga katta rahmat. Bu mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman. Men ham, jamoa ham o‘sishimiz kerak, deb o‘ylayman. Chunki kelgusi o‘yinlar ham oson bo‘lmaydi. Shuning uchun biz yagona maqsad yo‘lida birlashib harakat qilishimiz kerak.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 07:32, 18.04.2026.
O'qildi: 236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик