Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

UYEFA «Bavariya» — «Real» o‘yinidagi tartibsizliklar tufayli Myunxen klubiga nisbatan ish ochdi

UYEFA «Bavariya» — «Real» o‘yinidagi tartibsizliklar tufayli Myunxen klubiga nisbatan ish ochdi

Baho:
+ | -

UYEFA Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya» — «Real» (4:3) uchrashuvidan so‘ng Myunxen klubiga nisbatan tekshiruv boshladi. Sky Sport nashrining xabar berishicha, bunga muxlislar ishtirokidagi tartibsizliklar sabab bo‘lgan.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Alyans Arena»dagi bahs yakunida bir guruh «Bavariya» muxlislari to‘siqlardan oshib o‘tib, maydon chetigacha borishgan. Mezbonlar qo‘shib berilgan vaqtda g‘alaba golini kiritgach, muxlislar golni nishonlash vaqtida reklama shitlari orqasida o‘tirgan bir nechta fotograflarni itarib yuborishgan.

O‘z navbatida, «Bavariya» futbolchisi Jamal Musiala tomoshabinlar orasiga sakragan va buning oqibatida bir necha jurnalistlar siqilib qolgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida kamida ikki ayol va ikki erkak jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya» «Real»ni 6:4 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Nemis klubining keyingi bosqichdagi raqibi «PSJ» bo‘ladi.

Kiritildi: 09:32, 18.04.2026.
O'qildi: 2372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик