Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Siti"ning asosiy himoyachisi safga qaytmoqda

"Siti"ning asosiy himoyachisi safga qaytmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol og‘ir jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Jutarnju.hr nashrining xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi yakka tartibdagi dastur asosida mashg‘ulotlarni qayta boshlagan va taxminan 22 may kuni maydonga qaytishi mumkin. Xorvatiya terma jamoasi Gvardiol 100 foiz tayyor bo‘lmasa-da, uning Angliyaga qarshi Jahon chempionati uchrashuvigacha tayyor bo‘lishi uchun 17 iyunga qadar bir nechta o‘yinlarda ishtirok etishini rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yoshko Gvardiol shu yilning yanvar oyida «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘ng oyoq katta boldir suyagining sinishi jarohatini olgan edi. Xorvatiyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tagan.

Kiritildi: 21:37, 18.04.2026.
O'qildi: 1056 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик