Kirish Ro'yxatdan o'tish

Joao Pedro «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi: Sababi ma’lum

Joao Pedro «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi: Sababi ma’lum

Baho:
+ | -

Shanba oqshomida «Chelsi» Angliya Premyer-ligasi doirasida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi. Londonliklar hujumchisi Joao Pedro jamoa qaydnomasidan o‘rin olmadi.

Daily Mail nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Pedro son qismidagi jarohat sababli o‘yinni o‘tkazib yubormoqda. Aftidan, muammo u qadar jiddiy emas. London klubi mutasaddilari Joao Pedro seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Brayton»ga qarshi bahsgacha safga qaytishini kutishmoqda.

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Kiritildi: 23:26, 18.04.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик