Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Kerrik: «Brununing jamoadagi ta’siri hamon ulkan»

Kerrik: «Brununing jamoadagi ta’siri hamon ulkan»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yarim himoyachi Brunu Fernandeshning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shanba kuni «qizil iblislar» Londonda «Chelsi» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Mateus Kunya bo‘ldi, unga golli uzatmani esa Fernandesh yetkazib berdi.

«Brununing ta’siri ulkan edi va shunday bo‘lib qolmoqda. U aksariyat o‘yinlarda ishtirok etadi, doimiy ravishda yaxshi sport formasida va g‘alabalarga chanqoq. Uning maydon markazidagi roli o‘zgarib turdi, lekin u jamoa manfaati uchun bunga rozi bo‘ldi. Fernandesh — yorqin shaxs, u sardorlik bog‘ichini shunchaki taqib yurgani yo‘q. U boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi va jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtiradi», — deya Kerrikning so‘zlarini TNT Sports nashri keltirmoqda.

Kiritildi: 12:32, 19.04.2026.
O'qildi: 456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик