Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Mikel Arteta faoliyatidagi eng ko‘p mag‘lubiyatni Pepdan qabul qilib olgan

Mikel Arteta faoliyatidagi eng ko‘p mag‘lubiyatni Pepdan qabul qilib olgan

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Pep Gvardiola va «Manchester Siti»ga qarshi o‘tkazilgan 17 ta o‘yinning faqat 4 tasida g‘alaba qozongan.

Bugun «shaharliklar» o‘z maydonida londonliklar ustidan g‘alaba qozonishdi (2:1). Manchester klubi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda, «Arsenal»dan uch ochko ortda qolmoqda.

O‘zaro o‘tkazilgan 17 ta uchrashuvda Gvardiola Arteta ustidan 10 bor zafar quchgan, 4 marta mag‘lub bo‘lgan va yana 3 ta o‘yinda jamoalar durang qayd etishgan.

Qayd etish joizki, Gvardiolaga qarshi 17 ta o‘yin — Arteta faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir; u «Liverpul»ning sobiq murabbiyi Yurgen Kloppga qarshi 14 bor maydonga tushgan. Shuningdek, 10 ta mag‘lubiyat ham Mikel uchun eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi (u Kloppga 6 marta imkoniyatni boy bergan).

Eslatib o‘tamiz, Arteta «Arsenal»da mustaqil faoliyatini boshlagunga qadar «Manchester Siti»da Gvardiolaning assistenti bo‘lib ishlagan (2016–2019).

Kiritildi: 22:55, 19.04.2026.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик