Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«PSJ» antirekord qayd etdi

«PSJ» antirekord qayd etdi

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni «Pari Sen-Jermen» Liga 1 doirasidagi uchrashuvda o‘z maydonida «Lion»dan mag‘lubiyatga uchradi (1:2). Parij grandi 18-daqiqaga keliboq ikkita gol o‘tkazib yuborishdi. Fransiya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, bu «PSJ»ning klub Qatar fondi tomonidan sotib olinganidan beri qayd etgan antirekordidir: 2011 yildan buyon biror marta ham Fransiya chempionati bahslarida raqib jamoa «Park de Prens»da bunchalik erta ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olmagan edi.

Garchi o‘yin so‘ngida Xvicha Kvarasxeliya bitta to‘p javob qaytargan bo‘lsa-da, dastlabki gollar «to‘quvchilar»ning g‘alabasi uchun kifoya qildi. Luis Enrike jamoasi hamon Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, biroq endi ular «Lans»ni bor-yo‘g‘i bir ochkoga ortda qoldirishmoqda. «Lion» esa to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 08:44, 20.04.2026.
O'qildi: 726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик