Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Luis Enrike: «Siz intriga xohlaganmidingiz? Mana u!»

Luis Enrike: «Siz intriga xohlaganmidingiz? Mana u!»

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» o‘z maydonida kechgan Liga 1 bahsida «Lion»ga imkoniyatni boy berdi (1:2). Mehmonlar 6-daqiqadayoq hisobni ochishgan bo‘lsa, 18-daqiqada oradagi farqni ikkitaga yetkazishdi. Ko‘p o‘tmay, parijliklar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, biroq Gonsalu Ramush o‘n bir metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi. Faqatgina 94-daqiqaga kelib mezbonlar bitta gol urishdi, ammo mag‘lubiyatdan qutulib qolishga vaqt yetmadi.

«Siz chempionatda intriga bo‘lishini xohlaganmidingiz? Mana u. O‘yinda ustunlik qilib turib, ikkita tezkor gol o‘tkazib yuborganda nimagadir erishish juda qiyin. Biz 23 bor zarba berdik, lekin faqat eng so‘nggi urinishda gol urdik, bundan tashqari amalga oshirilmagan penalti ham bor. Bularning barchasi o‘yin taqdirini hal qildi. "Lion"ni alohida e’tirof etish kerak, ularda sifatli futbolchilar va yaxshi murabbiy bor. Raqibimiz o‘yinni munosib o‘tkazdi. Buni qabul qilib, oldinga intilishimiz kerak — bizni har uch kunda o‘yinlar kutmoqda», — dedi Parij grandi bosh murabbiyi Luis Enrike matbuot anjumanida.

Hozirda «PSJ» bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda, ikkinchi o‘rindagi «Lans»ni atigi bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 08:50, 20.04.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик