Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» futbolchilarining Alvaro Arbeloa bo‘yicha pozisiyasi ma’lum

«Real» futbolchilarining Alvaro Arbeloa bo‘yicha pozisiyasi ma’lum

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi a’zolari Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechgan bahsdan (3:4) so‘ng bosh murabbiy Alvaro Arbeloani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir qator yetakchi futbolchilar ispaniyalik mutaxassis va uning murabbiylar shtabi bilan uchrashib, ularning o‘z lavozimlarida qolishlarini istashlarini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Arbeloa joriy yilning yanvar oyida Xabi Alonso iste’foga chiqarilganidan so‘ng «qirollik klubi» boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi. Hozirda murabbiyning istiqboli bo‘yicha klub rahbariyatining yakuniy qarori kutilmoqda.

Kiritildi: 09:18, 20.04.2026.
O'qildi: 1466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик