Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Slot «Liverpul»dagi jarohatlar fonida yosh futbolchilarini qaydnomaga kiritish haqida hazil qildi

Slot «Liverpul»dagi jarohatlar fonida yosh futbolchilarini qaydnomaga kiritish haqida hazil qildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot APL 33-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi bahsda (2:1) darvozabon Georgiy Mamardashvili olgan jarohat haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘sha o‘yinda gruziyalik posbonni jamoaning uchinchi darvozaboni Freddi Vudman almashtirgan edi.

«Joriy mavsumda jamoamizdagi jarohatlar borasida sizni yana nimadir hayron qoldirishi mumkinmi? Balki men buni oldindan sezgandirman, chunki zaxira o‘rindig‘ida odatda bo‘lmaydigan holat — ikkita darvozabon bor edi. Bu, albatta, boshqa pozisiyalardagi futbolchilarning yetishmovchiligi bilan bog‘liq. Freddi o‘z ishini a’lo darajada uddaladi.

Georgiy kasalxonaga yotishiga to‘g‘ri keldi, jarohati jiddiy, voqealar rivojini kuzatamiz. Ammo Freddi katta maqtovlarga loyiq, chunki gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatdan so‘ng darhol maydonga tushib, ishini yaxshi bajardi. U qiyin lahzada xotirjamlikni saqladi va munosib o‘yin ko‘rsatish uchun bor kuchini sarfladi.

Odatda uchinchi darvozabonlar ko‘p o‘ynashmaydi. Lekin biznikidek mavsumda, menimcha, agar sen hozir «Liverpul»ning 8 yoshgacha bo‘lgan (U8) jamoasida o‘ynayotgan bo‘lsang ham, asosiy tarkibdagi debyutga tayyor turishing kerak. Chunki boshimizga tushayotgan ko‘rgiliklar shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi mersisaydliklar rasmiy sayti.

Kiritildi: 20:06, 20.04.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик