Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Bavariya» bosh murabbiyi Kompani: «O‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz kuchli, bu futbolda juda muhim»

«Bavariya» bosh murabbiyi Kompani: «O‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz kuchli, bu futbolda juda muhim»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasi Germaniya chempioni sifatida 35-titulni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu ajoyib. Men uchun har bir chempionlik — xuddi birinchisidek, aks holda bu ish bilan shug‘ullanishning ma’nosi yo‘q. Bunday lahzalar katta mehnat talab qiladi — bu faqat joriy mavsum emas, balki bir necha yillik mehnat natijasi. Shunday paytlarda g‘alabadan zavq olish kerak. Menda his-tuyg‘ular bor, bu muammo emas. Meni ish jarayonida ko‘rgan har qanday inson buni biladi. Lekin shu bilan birga xotirjamlik ham bor. Hozir eng muhimi — sodir bo‘layotgan barcha narsadan zavqlanish. Ertaga esa har doimgidek ishni davom ettiramiz. Statistika yaxshi, ammo bu hali yakuni emas.

Biz o‘z yo‘limizni davom ettiramiz. Bu, shuningdek, mentalitet masalasi ham. Jamoamiz doim to‘liq kuch bilan o‘ynaydi — mavsum oldi tayyorgarligida bo‘ladimi yoki rasmiy o‘yinlarda. Biz tarkibimiz salohiyatidan foydalanamiz, futboldan zavq olishni istaymiz va bu amalga oshmoqda. Men to‘xtashni istamayman. Oldimizda hal qiluvchi haftalar turibdi. Biz ruhan ko‘tarinki holatdamiz, ammo bu qanchalik qiyin bo‘lishini ham yaxshi bilamiz. O‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz kuchli — futbolda bu juda katta ahamiyatga ega», — dedi Kompani klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:15, 20.04.2026.
O'qildi: 329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик