Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karlos Alkaras — 2026 yilning eng yaxshi sportchisi!

Karlos Alkaras — 2026 yilning eng yaxshi sportchisi!

Baho:
+ | -2
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlarning yetti karra g‘olibi, dunyoning ikkinchi raqamli raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras nufuzli xalqaro Laureus World Sports Awards – 2026 talqiniga ko‘ra «Yil sportchisi» deb topildi. Mazkur taqdirlash marosimi ketma-ket uchinchi bor Madridda (Ispaniya) bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nom uchun Alkaras bilan birga quyidagi sportchilar kurash olib borishdi:

  • Yannik Sinner (tennis, Italiya);

  • Usmon Dembele (futbol, Fransiya);

  • Arman Dyuplantis (engil atletika, Shvesiya);

  • Mark Markes (motopoyga, Ispaniya);

  • Tadey Pogachar (velosport, Sloveniya).

Qayd etish joizki, Laureus Awards mukofoti statuetkasi Cartier lyuks brendi tomonidan ishlab chiqilgan va tayyorlangan. Alkarasga ushbu sovrinni futbol afsonalari Iker Kasilyas va Luish Figu topshirishdi.

Reglamentga ko‘ra, Laureus nominasiyalarining short-listlari (nomzodlar ro‘yxati) 70 dan ortiq mamlakatning 1000 dan ziyod sport OAV vakillari o‘rtasidagi ovoz berish yo‘li bilan shakllantiriladi. Shundan so‘ng, Laureus Butunjahon sport akademiyasi mazkur ro‘yxat ichidan g‘oliblarni saralab oladi.

Kiritildi: 23:32, 20.04.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик