Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Siti»da katta «tozalash»: Yana ikki futbolchi ketadi

«Manchester Siti»da katta «tozalash»: Yana ikki futbolchi ketadi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yozgi transfer oynasi uchun tarkibni tozalashni rejalashtirgan. Avvalroq jamoani yarim himoyachi Bernardu Silva tark etishi ma’lum bo‘lgan edi. Shuningdek, «shaharliklar» himoyachi Jon Stounz bilan ham xayrlashishi kutilmoqda.

Football Insider nashrining ta’kidlashicha, joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng «Manchester Siti»dan Omar Marmush va Tijani Reynders ham ketadi. Ikkala futbolchi ham klubga kelgan vaqtidan beri yetarlicha taassurot qoldira olishmadi va asosiy tarkibdagi o‘rinlarini yo‘qotishdi.

Marmush ushbu mavsumda barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Reynders hisobida esa 44 ta o‘yin, yettita gol va yettita assist mavjud.

Kiritildi: 11:17, 21.04.2026.
O'qildi: 5091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик