Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Qozog‘iston klubi soxta hujjatlar sabab jarimaga tortildi

Qozog‘iston klubi soxta hujjatlar sabab jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Qozog‘iston futbol federasiyasi (QFF) mamlakatning “Han Tengri” klubiga nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi. Bu haqda Tengri Sport nashri xabar bermoqda.

QFF Intizom qo‘mitasining xulosasiga ko‘ra, klub mutasaddilari xizmat tekshiruvi davomida murabbiylik faoliyati uchun zarur bo‘lgan UEFA “C” toifasidagi soxta lisenziyalarni taqdim etganlikda gumonlanmoqda. Shuningdek, federasiya klubni tekshiruvga to‘sqinlik qilish va hamkorlikdan bosh tortishda aybladi.

Federasiya qarori bilan klubga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (taxminan 215 ming tenge yoki 6,2 million so‘m) miqdorida jarima tayinlandi. Klub ushbu mablag‘ni 14-mayga qadar to‘lashi shart. Agar belgilangan hujjatlar va tushuntirish xatlari o‘z vaqtida taqdim etilmasa, “Han Tengri”ga nisbatan quyidagi qattiqroq choralar ko‘rilishi mumkin:

Ochkolarni olib tashlash;
Pastki divizionga tushirib yuborish;
Mas’ul shaxslarni futbol faoliyatidan chetlatish.

“Han Tengri” klubi barcha ayblovlarni rad etib, tekshiruv jarayonida to‘liq hamkorlik qilganini ta’kidlamoqda. Klub bayonotiga ko‘ra, shubhali mutaxassislar sinov muddati bilan ishga olingan va hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish imkoniyati bo‘lmagan.

“Lisenziyalash jarayonida ushbu hujjatlar haqiqiy emasligi aniqlangach, klub darhol mazkur shaxslar bilan hamkorlikni to‘xtatgan. Hozirda ular klub tuzilmasida faoliyat yuritmayapti”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:47, 21.04.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик