Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Kolo-Muani «Liverpul»ga o‘tishi mumkin

Kolo-Muani «Liverpul»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi mavsum yakunida jamoani tark etadigan Muhammad Salohga o‘rinbosar sifatida Randal Kolo-Muani nomzodini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Manbaning ta’kidlashicha, hozirda ijara asosida «Tottenxem»da to‘p surayotgan «PSJ» hujumchisini o‘z safiga qaytarishga «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda. Kolo-Muani o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Turin klubida ijarada o‘tkazgan edi va endilikda Italiya klubi fransiyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Byankoneri» futbolchining Turinga qaytish istagiga ishonmoqda, biroq bunda jamoaning keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Kolo-Muanining transfer bahosi taxminan 35 million yevroni, yillik maoshi esa qariyb 7 million yevroni tashkil qilishi mumkin. «Yuventus» allaqachon futbolchining vakillari bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, APLning joriy mavsumida Kolo-Muani «Tottenxem» safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 22:54, 21.04.2026.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик