Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pokistonlik jang san’ati ustasi navbatdagi Ginnes rekordini o‘rnatdi

Pokistonlik jang san’ati ustasi navbatdagi Ginnes rekordini o‘rnatdi

Baho:
+2 | -

Pokistonlik mashhur rekordchi Muhammad Rashid Nasim o‘zining navbatdagi natijasini Ginnesning rekordlar kitobiga muhrlab qo‘ydi.

Bu safar Rashid Nasim 50 ta yopiq alyuminiy bankani tirsagi bilan eng tez urib sindirish bo‘yicha mahorat ko‘rsatdi. Sportchi barcha bankalarni bor-yo‘g‘i 22,32 soniya ichida pachoqlashga ulgurdi.

Nasim bundan avval ham o‘zining hayratlanarli natijalari bilan tanilgan edi:

— Bir daqiqa ichida boks qopiga 386 marta zarba bergan.
— 30 soniya ichida boshi bilan 39 ta ichimlik bankasini urib sindirgan.
— 30 soniya ichida tirsak zarbalari bilan 39 ta yong‘oqni chaqqan.

Muhammad Rashid Nasim ayni damda dunyodagi eng ko‘p rekord o‘rnatgan jang san’ati ustalaridan biri sanaladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:29, 22.04.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик