Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbekistonlik yosh yulduzlar «Braga» sari: Hasanov va Sodiqov Portugaliyaga yo‘l oladi

O‘zbekistonlik yosh yulduzlar «Braga» sari: Hasanov va Sodiqov Portugaliyaga yo‘l oladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi iqtidorli futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning «Braga» klubiga o‘tishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, portugal klubi 17 yoshli futbolchilarni «Bunyodkor» va Odil Ahmedov futbol akademiyasidan 1 yillik ijara asosida jalb etish niyatida. Shuningdek, ularning «Andijon»dagi ijarasi to‘xtatiladi. Futbolchilar 2026 yil yozida, 18 yoshga to‘lganidan so‘ng yangi jamoasiga qo‘shiladi.

«Braga» skautlari ularni Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 jahon chempionatida kuzatib, sinovga taklif qilgan. 2025 yil dekabrida har ikki futbolchi klubning U-23 jamoasi bilan ikki hafta mashg‘ulot o‘tkazgan va yaxshi taassurot qoldirgan. Natijada portugaliyaliklar rasmiy taklif bilan chiqqan.

Kelishuvda sotib olish bandi ham mavjud: Hasanov uchun 250 ming yevro, Sodiqov uchun esa 300 ming yevro. Agar bu band faollashtirilsa, har ikki hujumchi «Braga» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Shuningdek, «Bunyodkor» va Odil Ahmedov akademiyasi keyingi transferdan muayyan foizga ega bo‘ladi.

Ushbu ma’lumotga O‘zbekistondagi ProSports Management agentligi rahbari Krimes munosabat bildirdi:

«Bunday masalalarni klublar e’lon qilishi kerak. Bilasiz, yigitlar o‘tgan yil oxirida «Braga»da stajirovkada bo‘lishgan. Hozircha aytadiganim shu. Klublardan rasmiy xabarni kutib qolamiz», — dedi u.

Hasanov — qanot hujumchisi. U 2025 yil kuzida jahonning eng iqtidorli 60 yosh futbolchisi ro‘yxatiga kiritilgan. Mutaxassislar uning tezligi, zarbasi va gol hissini yuqori baholagan.

O‘tgan mavsum u uchun juda muvaffaqiyatli o‘tdi: u U-17 Osiyo kubogida eng yaxshi futbolchi (MVP) deb topildi va turnirda Tailand, Xitoy, KXDR hamda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinlarda gol urdi.

Jahon chempionatida esa Xorvatiya va Panama darvozasiga gol urdi, Italiyaga qarshi o‘yinda esa golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, u 2025 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Sodiqov ham Osiyo kubogi va jahon chempionatida yuqori darajada ishtirok etdi. U 10 ta o‘yinda 2 gol va 5 assist qayd etib, jamoaning eng yaxshi assistenti bo‘ldi. Uning bir qancha uzatmalari aynan Hasanovga yo‘llangan.

Endi ushbu o‘zbek dueti Portugaliyada o‘zini ko‘rsatishga tayyor. Ular Yevropa maydonlarida o‘z yo‘lini ochgan hamyurtlar — Husanov, Shomurodov va Fayzullayevlar yo‘lini davom ettirishi mumkin.

Manba: https://t.me/karpinside
Kiritildi: 08:49, 22.04.2026.
O'qildi: 947 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик